GamePOS — kassirni nazorat qiladi, har bir so'mni hisobga oladi, o'yin vaqtini o'zi sanaydi. Siz uyingizdan turib hamma narsani ko'rasiz.
GamePOS haqiqiy klub kassasida
Qo'lda hisob yuritilganda pul qayerda yo'qolayotganini hech kim ko'rmaydi.
Kuniga 20–50 ming so'm bildirmay yo'qoladi. Tekshirishning iloji yo'q.
Mijoz 20 daqiqa ortiq o'ynaydi, hech kim sezmaydi — pul ketdi.
Nechta suv sotildi, nechtasi yo'qoldi — javob yo'q.
Klubda bo'lmasangiz, u yerda nima bo'layotganini bilmaysiz.
Klubning butun ishi bitta dasturda — stoldan hisobotgacha.
Vaqt o'zi sanaladi. Pauza, vaqt qo'shish, boshqa stolga ko'chirish, partiya hisobi. Stol chiroqlari dastur bilan yonadi va o'chadi.
Naqd, karta, online — bir chekni bo'lib to'lash mumkin. Qarzga sotish, mijoz chegirmasi, xizmat haqi. Chek printerdan chiqadi.
Har bir suv va gazak hisobda. Kirim, tuzatish, harakat tarixi, kam qolganda ogohlantirish, inventarizatsiya.
Smena ochiladi va yopiladi. Har to'lov usuli bo'yicha kutilgan va sanalgan summa — farqi darrov ko'rinadi.
Smena, cheklar, mahsulot, stansiya, to'lov usullari, foyda-zarar, qaytarish, qarzdorlar. Kim nima qilgani jurnalda.
Telefon kassaga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi va u bilan bir vaqtda ishlaydi. Stol ochish, to'lov, hisobot — hammasi qo'lingizda.
Stol oldindan bron qilinadi. Zal stolini stansiyaga biriktirib, hisobini birga yopasiz.
Doimiy mijozga chegirma foizi, qarz daftari va to'lovlar tarixi.
Smena yopilganda hisobot Telegramga o'zi keladi — klubga bormasdan ko'rasiz.
Qisqa videolarda GamePOS haqiqiy klubda qanday ishlashini ko'rasiz.
GamePOS haqida o'z auditoriyasiga gapiradigan bilyard blogerlari.
O'zbekiston bo'ylab 40 dan ortiq klub har kuni GamePOS bilan ishlaydi.
Yashil nuqtalar — GamePOS ishlayotgan klublar. Qizil nuqtalar — hali bo'sh hududlar.
Klub egalarining o'z so'zlari bilan.
Ilgari kunlik hisobni kechqurun daftardan chiqarardik, doim farq chiqardi. Hozir smena yopilishi bilan hisobot tayyor — kamomad qayerdan chiqqani ko'rinib turadi.
Vaqtni dastur o'zi sanaydi. Mijoz ortiqcha o'tirsa ham endi bahs bo'lmaydi — ekranda hammasi yozilgan.
Klubga har kuni bora olmayman. Telefondan qaysi stol band, qancha tushum bo'lgan — hammasini ko'rib turaman.
Mini-kafe hisobi eng katta muammo edi. Endi har bir suv hisobda, oy oxirida ombor bilan kassa mos tushadi.
O'rnatish bir kunda bo'ldi, xodimlar yarim soatda o'rganib oldi. Internet uzilganda ham ishlayveradi — biz uchun shu muhim edi.
Bir marta to'ladik va tamom. Har oy pul to'lash yo'q — shuning uchun tanlaganmiz.
Oylik obuna yo'q, yashirin to'lov yo'q. Dastur sizniki bo'lib qoladi.
Abonent to'lov yo'q · Bo'lib to'lash ham mumkin
Avval o'z klubingizda ishlatib ko'rasiz. Yoqmasa — hech qanday majburiyat yo'q.
To'liq summani birdan to'lash shart emas — kelishilgan muddatga bo'lib to'lasangiz ham bo'ladi.
Har oy pul to'lamaysiz. Bir marta sotib olasiz va dastur sizda qoladi.
Qo'ng'iroq qilasiz, klubingiz haqida so'raymiz va narxni aytamiz.
Kompyuteringizga o'rnatamiz, stollarni sozlaymiz, xodimlarni o'rgatamiz.
Birinchi kundan har bir so'm hisobda. Farqni oy oxirida ko'rasiz.
Ha, bitta oddiy Windows kompyuter yoki noutbuk yetarli. Dastur o'sha kompyuterga o'rnatiladi.
Ha. Dastur kompyuterning o'zida ishlaydi — internetsiz ham stol ochasiz, to'lov qabul qilasiz, chek chiqarasiz. Internet faqat telefonga ulanish uchun kerak.
Interfeys oddiy qilingan — 30 daqiqalik o'rgatish yetarli.
Excel fayldan bir tugma bilan yuklaysiz — qo'lda terib chiqish shart emas.
O'yin markazingizni professional boshqaring. Birinchi 7 kun bepul — hech qanday majburiyat yo'q.